AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga nisbatan qattiq bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal eta olmasa, bu Rossiya yetakchisi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Menimcha, u bu masalani hal qiladi. Lekin biz baribir harakat qilamiz. Agar u bunday qilmasa, bu uning uchun yomon tugaydi”, — dedi Tramp o‘z chiqishida.
Shu bilan birga, Oq uy rahbari agar mojaro bartaraf etilmasa, Tomahawk raketalarini Ukrainaga yetkazib berish imkoniyatini ham muhokama qilishini ma’lum qildi. U bu masala Putin bilan bevosita muloqotda ko‘tarilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa hozircha AQSH tomonidan Tomahawk raketalarini yetkazib berish bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev bu yo‘nalishda muzokaralarni davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!