date

Berlinda pichoq ko‘targan ayol Rossiya elchixonasini vahimaga soldi

Berlinda pichoq ko‘targan ayol Rossiya elchixonasini vahimaga soldi

Berlinda joylashgan Rossiya elchixonasi binosi oldida 31 yoshli ayol pichoq bilan qo‘riqchilarga tahdid qilgan. Bu haqda Berliner Kurier nashri polisiyaga tayanib xabar berdi.

Voqea Germaniyaning Mitte tumanida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol o‘zini tutolmay, elchixona xavfsizlik xodimlariga hujum qilishga uringan. U qo‘riqchining yuziga pichoq tutib, irqchilik mazmunidagi haqoratli so‘zlar bilan baqirgan.

Shu vaqtda xizmat quroli bilan qarshilik ko‘rsatishga tayyorlangan qo‘riqchini ko‘rib, ayol voqea joyidan qochishga harakat qilgan. Biroq tez orada politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda – qonida spirtli ichimlik, giyohvand modda yoki boshqa ta’sir qiluvchi vositalar bor-yo‘qligi aniqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Berlinda pichoq ko‘targan ayol Rossiya elchixonasini vahimaga soldi