date

Polsha xavotirda: Rossiya agentlari Yevropada yashirin faoliyat yuritmoqda

Polsha xavotirda: Rossiya agentlari Yevropada yashirin faoliyat yuritmoqda

Polsha Milliy Xavfsizlik Byurosi rahbari Slavomir Senskevich mamlakat Rossiya bilan kibermakonda real urush holatida ekanligini e’tirof etdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, bu endi oddiy xavf-xatar emas, balki ochiqdan-ochiq "kiberfront"dagi to‘qnashuvdir. Senskevichning fikriga ko‘ra, Rossiya Yevropa Ittifoqi davlatlarida kriptovalyutalar orqali moliyalashtiriladigan agentlar tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur tarmoq, idora rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning xavfsizlik infratuzilmalariga qarshi “gibrid hujumlar” uyushtirmoqda. Bu hujumlar dronlar orqali havo hududini buzishdan tortib, muhim infratuzilmani ishdan chiqarishga qaratilgan tahdidlargacha yetib bormoqda.

Senskevich, shuningdek, NATO Polsha uchun eng muhim va ishonchli harbiy ittifoq bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi. “Polsha NATOga tayanadi va bu aloqani mustahkamlashda davom etadi,” — dedi u.

Mutaxassislar fikricha, bu bayonot Rossiya bilan munosabatlarda keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Yevropa ittifoqi esa bu borada qo‘shimcha choralarni muhokama qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha xavotirda: Rossiya agentlari Yevropada yashirin faoliyat yuritmoqda