date

Xitoyda Xiaomi SU7 avtomobili avariyadan so‘ng yonib ketdi

Xitoyda Xiaomi SU7 avtomobili avariyadan so‘ng yonib ketdi

Xitoyning g‘arbiy qismida joylashgan Chendu shahrida Xiaomi SU7 Ultra elektromobili bilan og‘ir fojea sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina Tyanfu shohko‘chasida to‘siqqa urilib, yonib ketdi.

Eng achinarlisi, elektron tizim avariyadan keyin eshiklarni avtomatik qulflab qo‘ygan, natijada haydovchi mashinani tark etishga ulgurmagan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng yong‘in xizmati qisqa vaqtda yetib kelgan, ammo avtomobil butunlay yonib ketgan.

Fojea ortidan Xiaomi aksiyalari qariyb 9 foizga arzonlashgan. Kompaniya hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi. Ayrim ekspertlar bunga inson omili sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Xiaomi SU7 avtomobili avariyadan so‘ng yonib ketdi