date

AQSHda bir kunning ichida ikki samolyot quladi

AQSHda bir kunning ichida ikki samolyot quladi

AQSHda so‘nggi 24 soat ichida ikki aviahalokat sodir bo‘lib, to‘rt kishi halok bo‘ldi. Hodisalar Massachusetts va Texas shtatlarida qayd etildi.

Massachusettsda kichik samolyot 13-oktyabr kuni ertalab avtomobil yo‘liga quladi. Samolyotdagi ikki kishi halok bo‘ldi, yo‘ldan o‘tayotgan bir haydovchi jarohat oldi. Tergovchilarning fikricha, kuchli shamol va yomg‘ir qo‘nish paytida yo‘nalishni buzib yuborgan bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng Texasda Beech King Air S90 rusumli samolyot yuk mashinalari turargohiga urilib, portlash sodir bo‘ldi. Samolyotda bo‘lgan ikki kishi vafot etdi. Guvohlar osmonni tutun va olov qoplaganini aytishdi.

Rasmiylar halokatlarga texnik nosozlik yoki uchuvchi xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Tergov ishlari esa hali ham davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda bir kunning ichida ikki samolyot quladi