date

Gretsiyada toshli sohilga urilgan qayiq ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

Gretsiyada toshli sohilga urilgan qayiq ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi
Payshanba oqshomida Gretsiyaning Xios oroli yaqinida muhojirlarni tashayotgan qayiq toshli qirg‘oqqa urilib, halokatga uchradi. Voqea natijasida ikki nafar muhojir halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, yordam guruhlari jami 5 nafarni suvdan qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan ikki nafari hushsiz holda bo‘lgan. Quruqlikda davom etgan qidiruv ishlari natijasida yana 24 kishi topilib, qutqarib qolindi.

Jami 12 nafar jabrlanuvchi Xios orolidagi kasalxonaga yetkazilgan. Afsuski, ulardan ikki nafari — ayol kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ramsiylar hozirda halokat sabablarini o‘rganmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiyada toshli sohilga urilgan qayiq ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi