
Xitoyning Sichuan provinsiyasida dunyodagi eng keksa erkak panda vafot etdi. Bu haqda Global Times'ga asoslanib Daryo nashri xabar berdi.
Pan-Pan laqabli panda 31 yoshda edi. Jonzot katta pandalarni o‘rganish va himoya qilish milliy markazida yashardi. Pan-Pan 130 martadan ortiq otalik baxtiga muyassar bo‘lgan.
Shu yilning oktyabr oyida Gonkongda Szya Szya laqabli urg‘ochi panda vafot etgandi. Uning yoshi 38 da edi. Ayni vaqtda Fuszyan provinsiyasi Fuchjou shahridagi katta pandalarni o‘rganish markazida yashovchi 36 yoshli Basi laqabli panda eng keksasi sanaladi.
Xabarda qayd etilishicha. odatda erkinlikda yashamaydigan pandalar 30 yil umr ko‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar