Bu harakat yangi bosh vazir saylanishiga yo‘l ochish maqsadida amalga oshirildi. Yakuniy qaror Yaponiya parlamentining quyi palatasida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari sessiya oldidan e’lon qilindi.
Sigeru Isiba 386 kun davomida bosh vazir lavozimida ishlab, muhim islohotlarni amalga oshirgan siyosatchi sifatida esda qoladi. U iste’foga chiqishi bilan Yaponiya siyosiy tarixida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.
Yaponiya tarixida ilk bor ayol bosh vazir:
Yangi saylovda Liberal-demokratik partiya raisi Sanae Takaiti bosh vazir etib tayinlanishi kutilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, u Yaponiya tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘ladi. Takaitining nomzodi parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, bu esa uning saylanishini deyarli kafolatlaydi.
Ovoz berishdan oldin Liberal-demokratik partiya “Yaponiya yangilanish jamiyati” partiyasi bilan alyans tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kelishuv Takaitining saylovda ustun bo‘lishiga yordam berdi.
Yangi hukumat tarkibi:
Yangi bosh vazir kunning oxirida hukumatni shakllantiradi. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha:
- Tosimisu Motegi, avval 2019–2021 yillarda tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan siyosatchi, yana shu lavozimga qaytadi.
- Sindziro Koidzumi, sobiq bosh vazir Dzyun’itiro Koidzumining o‘g‘li, Mudofaa vaziri bo‘lishi kutilmoqda. U ushbu lavozimni egallagan eng yosh shaxsga aylanadi.
Yaponiyada bu o‘zgarishlar ichki siyosiy barqarorlikni mustahkamlash va yangi islohotlar sari qadam sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!