Newsweek jurnali xabar berishicha, Oq uy sobiq prezident Donald Trampning siyosiy raqiblari va tanqidchilariga qarshi kurashishni ko‘zlagan yangi idoralararo organ tuzgan.
Nashrga ko‘ra, ushbu tuzilma 2025-yil may oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning tarkibiga Oq uy, Federal qidiruv byurosi (FBI), Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), Milliy razvedka direktori idorasi, Adliya, Mudofaa va Ichki xavfsizlik departamentlarining vakillari kirgan.
Rasmiy manbalar Reuters agentligiga bergan izohida ushbu komissiya “aniq shaxslarga qarshi qasos olish vositasi emas”ligini bildirgan. Shunga qaramay, siyosiy sharhlovchilar bu tuzilmani Tramp ma’muriyatining tanqidchilarga bosim o‘tkazish mexanizmi deb baholamoqda.
Bu tashabbus AQShdagi demokratik qadriyatlar va siyosiy erkinliklar bo‘yicha keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!