Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat yaqin orada Tomahawk turidagi raketalarni olishi ehtimolini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina hech qachon AQSHning uzoq masofali qurollarini Rossiya hududiga zarba berish uchun ishlatmagan. Shu bilan birga, Kiyev o‘zining mahalliy ishlab chiqarilgan qurollari orqali 150 kilometrdan 3000 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi obyektlarni nishonga olish imkoniyatiga ega ekanini aytdi.
“Har kuni yangi voqealar ro‘y bermoqda. Balki ertagayoq bizda Tomahawklar paydo bo‘lar,” — dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatida.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, Tramp va Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv Kiyev ishtirokisiz o‘tmasligini ta’kidladi.
“Rossiyaning energetika sohasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etildi. Vengriyada Ukrainasiz hech qanday uchrashuv bo‘lmaydi. Hozircha Tomahawklar yo‘q, lekin natija yomon emas, deb o‘ylayman,” — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy Yevroittifoq sammitida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!