
Fransiyada 1 yanvarga o‘tar kechasi bezori shaxslar 650 avtomobilga o‘t qo‘ydi. Bu haqda TASS agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
«Bu yil ham bayram oqshomida juda ko‘plab avtomobillar yoqib yuborildi. O‘tgan yili bir kunda 602ta avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lsa, bu yili bu ko‘rsatkich 650tani tashkil qildi», — deyilgan vazirlik xabarida.
Shu bilan birga bu borada ahvol 5 yil oldingidan 20 foizga yaxshilangani aytilgan.
Vazirlik xabarida qayd etilishicha, Yangi yil oqshomida mamlakat shaharlarida ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash ishlariga 100 mingdan ortiq polisiyachi, jandarm va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar