
Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makronning rafiqasi Brijit Makron haqida internetda asossiz mish-mishlar tarqatgan shaxslarga qarshi sud jarayoni boshlandi.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, 10 nafar shaxs — 8 erkak va 2 ayol — Brijit Makronni “erkak” sifatida ko‘rsatgan yolg‘on ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishda ayblanmoqda. Ularning yoshi 41 dan 65 yoshgacha.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, bu shaxslar nafaqat tuhmat, balki Makronlar o‘rtasidagi 24 yosh farqni haqoratli tarzda muhokama qilib, prezident oilasining sha’niga putur yetkazgan.
Brijit Makron (72 yosh) sudda ishtirok etmaslikni ma’qul ko‘rgan. Uning advokati sud majlisida bu qarorni tasdiqlagan va Brijit kelgusida ham jarayonlarda qatnashishni rejalashtirmayotgani haqida ma’lum qilgan. Shunga qaramay, uning qizi keyingi majlislarda guvohlik berishi mumkin.
Fransuz OAVlari bu ishni “so‘nggi yillarda siyosiy shaxsning oilasiga nisbatan internetda tarqalgan eng shov-shuvli tuhmat kampaniyalaridan biri” deb atamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!