date

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi taranglik yumshaydimi?

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi taranglik yumshaydimi?
AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin Janubiy Koreyaning Busan shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan savdo urushini yumshatish va yangi kelishuvga erishishga qaratildi. Tomonlar “o‘zaro muammolarni hal etish bo‘yicha kelishuvga” erishgani haqida ma’lum qildi.

Tramp avval Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj joriy qilishni rejalashtirgan edi, ammo AQSh Moliya vaziri bu chora amalga oshmasligiga umid bildirdi. Oxirgi oylar davomida ikki mamlakat o‘rtasida bojlar, texnologiyalar va “TikTok” ilovasi masalasida taranglik kuchaygan edi.

Mutaxassislar fikricha, bu uchrashuv global iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Muzokaralarda yarimo‘tkazgichlar, noyob metallar savdosi va “TikTok”ning AQShdagi faoliyati ham muhokama qilingan. Ekspertlar bu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi raqobatni kamaytirishga turtki bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Shunga qaramay, iqtisodchilar Tramp va Si o‘rtasidagi kelishuv uzoq davom etadigan barqaror tinchlikni kafolatlamasligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat global texnologik va savdo sohalarida yaqin yillarda ham davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh va Xitoy o‘rtasidagi taranglik yumshaydimi?