
Filippin qamog‘idan mahbuslarning qochishi natijasida kamida 6 nafar odam o‘ldirilgan. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘ldirilgan 6 kishidan 5 nafari mahbuslar bo‘lgan. Yana 6 nafar harbiy jiddiy jarohat olgan.
Bundan avval Filippinda 130dan ziyod mahbusning qamoqxonadan qochgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, mahbuslar mahalliy radikal tashkilotning jangarilari hujumidan keyin qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayni vaqtda qochoqlardan atigi 2 nafari qo‘lga olingan, qolgan mahbuslarni qidirish operasiyasi davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing