date

Apple 2025-yilni rekord foyda bilan yakunladi

Apple 2025-yilni rekord foyda bilan yakunladi

Apple korporatsiyasi 2025-yilning to‘rtinchi choragi va moliyaviy yil yakuni bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Kompaniya ilk bor bayram mavsumi bo‘lmagan davrda ham sotuvlar va xizmatlar bo‘yicha yillik daromadni 100 milliard dollardan oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy hisobotiga tayanib, xalqaro nashrlar xabar bermoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, Apple’ning umumiy sof foydasi 112 milliard dollarga yetdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich Irlandiyadagi soliq mojarosi sabab amalga oshmagan edi. Shu bilan kompaniya dunyodagi yillik foydasi 100 milliard dollardan yuqori bo‘lgan yirik korporatsiyalar — Vodafone, Saudi Aramco va Alphabet qatoridan joy oldi.

Apple’ning moliyaviy o‘sishi so‘nggi yigirma yilda mislsiz darajada bo‘ldi. Masalan, 2006-yildagi foyda 2 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2010-yilda u 10 milliardga, 2019-yilda 20 milliardga, 2024-yilda esa 36 milliard dollarga yetgan. Hozir esa bu raqam tarixiy 112 milliard dollar chegarasini kesib o‘tdi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Apple’ning bu natijaga erishishiga xizmatlar sohasidagi kengayish, ayniqsa, iCloud, App Store va Apple Music kabi platformalardan kelayotgan daromadning sezilarli oshishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi ilova va servislarni joriy etish kompaniyaning yangi foyda manbai sifatida baholanmoqda.

Shu tariqa, Apple nafaqat texnologiya sohasida, balki moliyaviy barqarorlik va foyda ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham dunyodagi yetakchi korporatsiyalar safida o‘z o‘rnini yanada mustahkamladi. Tahlilchilarning taxminiga ko‘ra, agar bu tendensiya saqlanib qolsa, kompaniya 2026-yilda foydani 120–130 milliard dollargacha oshirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Apple 2025-yilni rekord foyda bilan yakunladi