date

Rossiya Hindistonlik talabalarni “tez pul” va’dasi bilan urushga yuboryaptimi?

Rossiya Hindistonlik talabalarni “tez pul” va’dasi bilan urushga yuboryaptimi?

Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan bir necha hindistonlik talabalar Ukrainadagi janglarda halok bo‘lgani haqida videoxabarlar tarqaldi. Ularning yaqinlari aytishicha, yigitlar “tez pul topish” va fuqarolik olish va’dalari bilan aldangan, ammo hech qanday tayyorgarliksiz frontga jo‘natilgan.

Ulardan biri — Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganidan atigi o‘n kun o‘tib halok bo‘lgan. Boshqalar esa bedarak yo‘qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning jasadlari topilmagan.

Hozircha Rossiya tomoni bu holatlar yuzasidan izoh bermagan. Ammo bu voqea Rossiyaning xorijlik fuqarolarni harbiy xizmatga jalb etish siyosati borasidagi tanqidlarni kuchaytirdi.

Kuzatuvchilar fikricha, moliyaviy qiyinchilikdagi talabalarni “tez boyish” ilinjida urushga tortish — inson hayoti bilan o‘ynashdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Hindistonlik talabalarni “tez pul” va’dasi bilan urushga yuboryaptimi?