
Luvr ichki xavfsizlik tizimi bilan ishonchli himoyalangani haqidagi barcha bayonotlarga qaramay, videokuzatuv tizimlari Luvr paroli bilan himoyalangani va muzeyning dasturiy ta’minoti operatsion tizimning eski versiyalarida ishlashi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Liberation.
Mutaxassislar muzey xavfsizligiga oid maxfiy tekshiruvlar bilan tanishib, uning kompyuter xavfsizligida qanday hajmdagi qoidabuzarliklar mavjudligini aniqladi. 19-oktyabr kuni Madaniyat vaziri Rashida Dati hayratlanarli o‘g‘irlikdan so‘ng darhol: "Muzeyning xavfsizlik tizimlari muvaffaqiyatsizlikka uchramadi," dedi. Biroq bir necha kundan keyin bu bayonotga tuzatishlar kiritildi: "xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar haqiqatan ham mavjud edi" va xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish kerak.
Ma’lum bo‘lishicha, oddiy Luvr parolidan tashqari, ma’lumotlar hatto ishlab chiquvchi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmaydigan va Windows Server 2003 asosida ishlaydigan dasturiy ta’minotda saqlangan. Ajablanarlisi shundaki, xavfsizlik qoidalari buzilishi va IT tizimidagi xatolar bir necha yil oldin ma’lum bo‘lgan. Afsuski, "mulohazali" rahbariyat hech qanday qat’iy chora ko‘rmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!