Rim papasi Fransisk o‘z vazifadoshlaridan farqli o‘laroq, chet elga safarlari chog‘ida zirhli avtomobilda harakatlanmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri. Bu haqda pontifik italiyalik jurnalist va Vatikan bo‘yicha mutaxassis Andrea Torniellining «Sayohat» kitobiga yozgan so‘zboshida aytib o‘tdi.
Ruhoniyning aniqlik kiritishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramay, u odamlarga yaqin bo‘lishni istaydi. «Balki bu tentaklikdir, biroq shuni aytishim kerakki, men o‘zim uchun hech ham xavotirlanmayman. Ammo men bilan birga sayohat qiladigan va men turli mamlakatlarda uchratadigan odamlar haqida tashvishlanaman», — deya qayd etdi Rim papasi.
U, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari zarur ekanligini tushunishini, biroq «episkop — bu ruhoniy, ota ekanligi hamda u va odamlar o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligi»ni qo‘shimcha qildi.
Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida Italiya polisiyasi Evropada teraktlar ko‘paygani tufayli Vatikan hududida xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirdi. Shunga qaramay, Fransisk Rim bo‘ylab hamon Ford Focus’da harakatlanib, soqchilari ko‘zga tashlanmasligini talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi