07:07 / 10.01.2017
7 904

Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

Aleksandr Lukashenko “Chet el fuqarolari uchun vizasiz kirish-chiqish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra dunyoning 80 mamlakati fuqarolari muddati 5 kundan oshmagan sayohatlar uchun Belorussiya hududiga vizasiz kirib kelish huquqiga ega bo‘lishdi, deb yozmoqda Sputnik agentligi.

Vizasiz kirish tartibi 39 Evropa mamlakatlari, Braziliya, Indoneziya, AQSh, Yaponiya va dunyoning yana 37 mamlakati fuqarolari uchun e’lon qilingan.

“Birinchi navbatda vizasiz kirish Belorussiya bilan vizasiz kirish-chiqish o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari uchun va migrasiya masalasida xavfli bo‘lmagan mamlakatlar bilan o‘rnatilgan”, — deyilgan xabarda.

Belorussiya TIVi xabariga ko‘ra ushbu chora mamlakatga biznesmen, sayyohatchi va alohida shaxslarni faol ravishda taklif qilishga qaratilgan. Vizasiz kirish tartibi rasmiy safarlar uyushtirayotgan delegasiya vakillari, diplomatik va xizmat pasportlari egalariga taaluqli emas.

“Belorussiyaga kirish uchun pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga ega bo‘lish, kundalik yashash uchun etarli miqdorda (kamida 25$) pul mablag‘i va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lish kerak”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Vetnam, Gaiti, Gambiya, Gonduras, Hindiston, Xitoy, Livan, Namibiya va Samoa fuqarolari uchun pasportida ko‘p martali foydalanilgan Shengen vizasi hamda 5 kun ichida Belorussiyadan chiqib ketish uchun aviachipta bo‘lishi kerak.

Ushbu prezident qarori imzolangan kunidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi