
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp internet tarmog‘idagi eng yirik savdo maydoni Alibaba rahbari Jek Ma bilan uchrashdi. Unda Xitoy kompaniyasining Amerika bozoridagi ulushini kengaytirish va mamlakatda qo‘shimcha 1 million ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Jek Ma Alibaba’ni kengaytirishda kiyim-kechak, may va mevalar kabi mahsulotlarga katta e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Bunda asosan Qo‘shma Shtatlar o‘rta g‘arbi va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida savdo qilishga katta o‘rin beriladi.
«Biz asosiy e’tiborni kichik biznesga qaratmoqchimiz, shuning uchun 1 millionta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik. Biz Amerika kichik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Buning uchun savdo platformasi (Alibaba — tah.) Osiyo, xususan Xitoyga o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda ishlatilishi mumkin», - ma’lum qildi Ma.
Aniqlik kiritilishicha, Alibaba amerikalik fermerlar uchun ish o‘rinlarini besh yil davomida yaratishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar