Tailanddagi sayyohlik avtobusi ag‘darilib, o‘nlab yo‘lovchilar jarohatlandi

Tailandning Lampang provinsiyasida xorijlik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag'darilib, 12 kishi jarohatlandi, ulardan ikki nafari og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Avtobus Chiang Maydan Bangkok tomon harakatlangan va unda jami 38 nafar, asosan arab davlatlaridan kelgan sayyohlar bo'lgan. Dastlabki taxminlarga ko'ra, hodisaga yo'lning sirpanchiq holati yoki haydovchining charchog'i sabab bo'lishi mumkin, politsiya esa tergov ishlarini boshlagan.
Tailandda xorijlik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Hodisa mamlakatning shimolidagi tog‘li Lampang provinsiyasida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Maticon gazetasi.
Ma’lum qilinishicha, avtobus Chiang Maydan Bangkok tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Yo‘lning burilish qismida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan.
Avtobusda jami 38 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning barchasi xorij fuqarolari — asosan arab davlatlaridan kelgan sayyohlar.
Baxtsiz hodisa oqibatida 12 kishi jarohatlangan, shulardan ikki nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Mahalliy shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisaning sabablari hozircha aniqlanmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yo‘lning sirpanchiq holati yoki haydovchining charchog‘i fojia sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.
Tailand rasmiylari voqea joyiga tez yordam va qutqaruv guruhlarini yuborgan. Holat bo‘yicha tergov ishlari boshlangan.































Izohlar 0
…