date

Daniyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Daniyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Daniya hukumati yoshlarni internet xavflaridan himoya qilish maqsadida 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini e’lon qildi. Tashabbus bolalarni zararli kontent va onlayn reklama ta’siridan asrashga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra, platformalar foydalanuvchi yoshini aniqlash uchun mas’ul bo‘ladi. Agar talablarga amal qilinmasa, kompaniyalarga jahon bo‘yicha yillik daromadining 6 foizi miqdorida jarima solinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyada 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 94 foizi ijtimoiy tarmoqlarda faol. Mutaxassislar bu holatni xavfli deb baholab, bolalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Hukumat bu qarorni “internetda sog‘lom muhit yaratish sari tashlangan muhim qadam” deb atadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi