date

Xitoy olimlari inson umrini 120-yilgacha uzaytiruvchi dori yaratmoqda

Xitoy olimlari inson umrini 120-yilgacha uzaytiruvchi dori yaratmoqda

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Lonvi Biosciences startapi umrni keskin uzaytirish, ya’ni insonni 120-yilgacha yashash imkoniga ega qilishni maqsad qilgan yangi biotexnologik dori ustida ish olib bormoqda, deb yozdi The New York Times.

Kompaniya mutaxassislarining ma’lum qilishicha, preparatning asosiy moddasi uzum urug‘idan olingan tabiiy ekstrakt hisoblanadi. Bu birikmalar qarish jarayonida organizmda paydo bo‘ladigan “yeskirgan” hujayralarni yo‘q qilib, sog‘lom hujayralarning faoliyatini tiklaydi. Ushbu usul nafaqat hayot davomiyligini, balki uning sifati va faolligini ham oshirishni ko‘zlaydi.

Ta’kidlanishicha, uzum urug‘i an’anaviy xitoy tibbiyotida va G‘arb parhez ilmida asrlar davomida yoshlikni saqlash va qon aylanishini yaxshilash xususiyati bilan mashhur bo‘lgan. Lonvi Biosciences ilmiy guruhi bu tabiiy moddani yuqori konsentratsiyali molekulalarga aylantirish usulini topgan.

Kompaniya allaqachon klinik sinovlarning dastlabki bosqichini o‘tkazmoqda. Ularning aytishicha, yangi kapsulalar sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam tibbiy nazorat bilan birlashtirilsa, inson umrini 100–120-yilgacha uzaytirish ehtimoli yuqori.

Mutaxassislar bunday innovatsiya qarishni tabiiy jarayon sifatida qabul qilgan dunyoqarashni o‘zgartirishi, biotexnologiya sohasida yangi davrni boshlab berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy olimlari inson umrini 120-yilgacha uzaytiruvchi dori yaratmoqda