Turkiya parlamentining Adolat va taraqqiyot partiyasi va muxolif Xalq-respublika partiyasi deputatlari o‘rtasida mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish haqida o‘tkazilgan muhokama chog‘ida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda Turkiyaning “NTV” telekanaliga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Mamlakat bosh qonuniga asosiy o‘zgartirishni asosan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari kiritishdi. Mushtlashuv esa muxolif partiya vakillari tomonidan tribunani to‘sib qo‘yish harakati vaqtida yuzaga keldi.
Mushtlashuv sabab bir necha kishi jarohat oldi, adolat va taraqqiyot partiyasi rahbar o‘rinbosari Fotih Shahin burnini sindirib olgan. Shuningdek, yuzaga kelgan voqea oqibatida mikrofonlar, stol va stullarga zarar etgan.
Turkiya parlamenti 330 dan ortiq deputat ovoz bergan taqdirda, konstitusiyaga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi parlamentda 355 ta ovozga ega. Yana ikkita muxolif partiyalar, ya’ni Xalq-respublika partiyasi va Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari parlament tizimi emas, prezidentlik tizimini amalga kiritishga qarshi chiqishmoqda. Bu ikki partiya mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yakkahokimlik o‘rnatishga urinishda ayblashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi