
Qirg‘iziston bo‘ylab ta’lim muassasalari energiya tejash rejimiga o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi mamlakat Ta’lim vazirligi.
Vazirlikka ko‘ra, barcha o‘quv darslari yakunlangach, 60 daqiqadan kechiktirmay elektr energiyasi o‘chirilishi kerak. Bu chora sinf xonalarini tozalashni osonlashtirish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, bu cheklov binoning ishlashi va xavfsizligini ta’minlaydigan kommunal tizimlar hamda uskunalarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yotoqxona bilan ta’minlovchi muassasalarda ham bu talab amal qilmaydi.
Avvalroq xabar berilganidek, energiya tejash maqsadida Qirg‘izistonning ma’muriy binolarida soat 18:00 dan 06:00 gacha ichki va tashqi yoritish, shuningdek, elektr jihozlaridan foydalanish cheklangan.
Mutaxassislar bu qarorni mamlakatda energiya resurslarini barqaror taqsimlash va qish mavsumida tizimga tushadigan yukni kamaytirish chorasi sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.