date

Yaponiya hududida AQSh yadro quroli joylashtirilishi mumkin

Yaponiya hududida AQSh yadro quroli joylashtirilishi mumkin

Yaponiyada siyosiy doiralarda mamlakat hududida AQSh yadro qurollarini joylashtirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, bosh vazir Sanae Takaiti Yaponiyaning uzoq yillik “yadro quroliga ega bo‘lmaslik, uni ishlab chiqarmaslik va mamlakatga kiritmaslik” tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori.

Takaitining fikricha, ushbu qat’iy tamoyil, ayniqsa uchinchi band — “yadro qurolini mamlakat hududiga kiritmaslik” siyosati — AQShning yadroviy to‘xtatuvchi kuchini amalda cheklab qo‘ymoqda.

Uning ta’kidlashicha, bu holat favqulodda harbiy vaziyatlarda Yaponiyaning xavfsizlik kafolatlarini zaiflashtirishi mumkin. “Agar AQSh yadroviy qurol tashuvchi kemalarining Yaponiyaga kirishi taqiqlansa, mamlakat o‘zining himoya imkoniyatlarini yo‘qotadi,” – degan Takaiti.

Yaponiya Hiroshima va Nagasaki fojealaridan keyin dunyoda yadro quroldan aziyat chekkan yagona davlat sifatida o‘z siyosatini doimo tinchlik yo‘nalishida olib borgan. Shu bois yadro qurolsiz siyosatni o‘zgartirish g‘oyasi mamlakat ichkarisida keng bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya hududida AQSh yadro quroli joylashtirilishi mumkin