
“Suriya ozodlik armiyasi” (SOA) milliy xavfsizligi rahbari general Ali Mamlyuk va uning o‘rinbosari Ostonadagi muzokaralarda ishtirok etadi. Ular hukumat delegasiyasi tarkibida bo‘ladi, deb xabar bermoqda "Kun.uz" vaziyatdan boxabar manbaga asosan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Damashq delegasiyasi tarkibiga, shuningdek, Suriya armiyasining ikki zobiti ham kiradi.
Kecha esa hukumat delegasiyasiga Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar al-Jaafari boshchilik qilishi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni Ostonada tashkillashtiriladigan tinch muzokaralar jarayonida ishtirok etishga taklif qilish borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv Jeneva muzokaralarini to‘ldirishi lozim.
Uchrashuv Ostonada 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar