
Xalqaro elektraloqa ittifoqining hisobotida aytilishicha, oxirgi bir yilda yana 240 millionga yaqin inson internetga ulandi. Endi Yer yuzida taxminan 6 milliard kishi, ya’ni aholining to‘rtdan uch qismi onlayn.
Shu bilan birga, 2,2 milliard odam hanuz internetga kira olmaydi. Bu raqam raqamli tengsizlikning hali ham jiddiyligini ko‘rsatadi.
Hisobotga ko‘ra:
— yuqori daromadli mamlakatlarda 94% aholi internetda,
— past daromadlilarda esa atigi 23%.
Shaharda yashovchilar (85%) qishloqdagilarga (58%) nisbatan ancha faol. Erkaklar 77%, ayollar esa 71% darajada onlayn.
5G tarmoqlari bo‘yicha ham katta farq bor: yuqori daromadli davlatlarda qamrov 84% bo‘lsa, kambag‘al mamlakatlarda atigi 4%.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025-yil yanvar–avgust oylarida internetdan foydalanuvchilar ulushi 94,2% ni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.