
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Alg‘abas qishlog‘ida 18-noyabr kuni ertalab ikki qavatli xususiy uyda kelib chiqqan yong‘in juda fojiali tugadi. “Otyrar.kz” ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 12 nafarni tashkil etdi va eng alamlisi — ularning 9 nafari yosh bolalar.
Mahalliy hokimlik aniqlashicha, halok bo‘lgan bolalar 2009–2024-yillar orasida tug‘ilgan. Bir oilaning 5 nafar farzandi — 3 qiz va 2 o‘g‘il farzandi bo‘lgan. Ikkinchi oiladan 2018-yilda tug‘ilgan bir qiz qutqarilib, hozirda shifoxona nazoratida. Jami 3 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 2 kishi va bir bola reanimatsiyada qolmoqda.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, oila sunnat to‘yigi nishonlayotgan bo‘lgan keyin qarindoshlar uyga qaytib, tantanani davom ettirishgan. Ertalab esa uyda yong‘in chiqqan va juda qisqa vaqtda katta talafot keltirgan.
Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Kusherov fojia joyiga borib, holatni o‘rgandi, jabrlanganlar holidan xabar oldi va tergovning to‘liq, xolis olib borilishini va’da qildi. Dafn marosimi viloyat hokimligi nazoratiga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.