Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi

Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi
Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, qochqindagi inson huquqlari himoyachisi Edvard Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi va yaqin orada u mazkur mamlakat fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Snoudenning advokati Anatoliy Kucherena ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

«Yangi yil bayramidan so‘ng Rossiya migrasion xizmatlari Snoudenning yashash ruxsatnomasini yana uch yilga uzaytirishga qaror qildi. Shu tariqa, u Rossiya fuqaroligini olishi uchun asos paydo bo‘ladi», — deb ma’lum qildi Kucherena 18 dekabr kuni.

Snouden Rossiya fukaroligini olishga hujjat topshirish-topshirmasligi haqidagi jurnalistlarning savoli ochiq qoldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar