date

AQSh: “Semizlik viza uchun to‘siq emas” — elchixona izoh berdi

AQSh: “Semizlik viza uchun to‘siq emas” — elchixona izoh berdi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVda AQSh vizasi semizlik yoki surunkali kasallik tufayli rad etilishi mumkin degan xabarlar tarqaldi. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bu kabi da’volarga munosabat bildirib, ularni asossiz deb e’lon qildi.

Elchixona bayonotida aytilishicha, AQSh Davlat departamentining mavjud sog‘liq bo‘yicha siyosatida B toifasidagi kasalliklar ro‘yxati o‘zgarmagan. Viza berish qarori esa arizachining umumiy holati, moliyaviy imkoniyatlari va sog‘lig‘iga oid omillarni tizimli baholash asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, rasmiy izohda ta’kidlanishicha, semizlikning o‘zi vizani rad etish uchun avtomatik asos bo‘la olmaydi. Tibbiy ko‘riklarning maqsadi — arizachida jamiyat uchun xavfli yuqumli kasalliklar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashdan iborat.

Elchixona qo‘shimcha qilishicha, AQSh hukumati uchun asosiy masalalardan biri — mamlakatga kirayotgan shaxs davlatga moliyaviy yuk bo‘lmasligi va u o‘z yashash, sog‘liqni saqlash xarajatlarini mustaqil qoplay olishiga ishonch hosil qilishdir. Bu, o‘z navbatida, AQSh soliq to‘lovchilari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh: “Semizlik viza uchun to‘siq emas” — elchixona izoh berdi