10:54 / 21.01.2017
5 983

Oq uy saytidan Obama vaqtidagi ma’lumotlar o‘chirib tashlandi

Oq uy saytidan Obama vaqtidagi ma’lumotlar o‘chirib tashlandi

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp inaugurasiyasidan keyin prezidentning rasmiy saytidan Barak Obama prezidentligi vaqtida chop etilgan ma’lumotlar o‘chirib tashlandi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Tramp 20 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 12.00da o‘z lavozimiga kirishdi va bir necha daqiqadan keyin Oq uy saytida yangi ma’muriyatning tashqi siyosat, energetika, mudofaa, huquq-tartibot, iqtisodiyot sohalaridagi harakatlar dasturi paydo bo‘ldi.

Bir vaqtning o‘zida saytning barcha qolgan bo‘limlari ham yangilandi, saytning strukturasi va stili avvalgidek qoldi. Bo‘limlarning aksariyatida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq ularda Tramp va vise-prezident Mayk Pens va ularning rafiqalari haqida ma’lumot chop etilgan.

Obama rahbarligi vaqtidagi ma’lumotlar bilan birga ekologiyani himoya qilish va jinsiy ozchiliklar masalalariga bag‘ishlangan bo‘limlar ham o‘chirib tashlangan.

Tramp avvalgi nutqlarida iqlimning o‘zgarishi bilan kurashish dasturlari haqida gumon bilan gapirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy saytidan Obama vaqtidagi ma’lumotlar o‘chirib tashlandi