
Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Afg‘oniston bilan chegara hududida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 21 kishining halok bo‘lgani va 60 dan ortiq odamning jarohatlangani xabar qilinmoqda.
Huquq tartibot organlari xabariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 8.50da Kurram viloyati Parachinar shahridagi oziq-ovqat bozorida yuz bergan. Polisiya qo‘lbola voqeaning portlovchi moslamaning meva solingan qutilardan biriga yashirib qo‘yilgani oqibatida yoki terrorchi xudshud xujum uyushtirgani natijasida yuzaga kelgan degan taxminlarni ilgari surmoqda.
“Ushbu vaqtda borozda yuzlab sotuvchi va xaridorlar yig‘ilgan bo‘lgan. Ular orasida voqea sabablarini o‘rganish oson bo‘lmaydi”, - deya ta’kidlagan polisiya vakili.
Hozircha ushbu terakt yuzasidan biror terrorchi tashkilot mas’uliyatni zimmasiga olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar