Rossiya uzoq aviasiyasi Suriyada IShID ob’ektlariga zarbalar berdi

Rossiya uzoq aviasiyasi Suriyada IShID ob’ektlariga zarbalar berdi
Rossiya uzoq aviasiyasi Suriyada IShID ob’ektlariga zarbalar berdi

6 ta uzoq bombardimonchi Tu-22M3 samolyotlari Rossiya hududidan ko‘tarilib, Suriyaning shimolidagi Daur-az-Zor viloyatida IShID terrorchilari ob’ektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Terrorchilar lageri, qurol-aslaha omborlari, zirhli texnika va tirik kuch nishonga olindi.

Bombardimonchilarni Hmaymim aerodromidan ko‘tarilgan Su-30SM va Su-35S qiruvchi samolyotlari qo‘riqlab borgan.

Jangovar vazifa bajarib bo‘lingach, barcha samolyotlar ortlariga qaytgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar