
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatdagi elektr ta’minotida uchrayotgan uzilishlar borasidagi e’tirozlarga o‘z munosabatini bildirdi. Uning aytishicha, agar oxirgi besh yil ichida yirik loyihalar amalga oshirilmaganida, bugun qirg‘izistonliklar umuman elektrsiz qolgan bo‘lar edi.
Prezident o‘z murojaatida shunday dedi:
“Agar men zavodlar, fabrikalar, maktab va bog‘chalar qurmaganimda, hozir elektr yetarli bo‘lardi. Lekin bunday infratuzilmasiz kelajak bo‘lmaydi”, — dedi u.
Japarov davlat xorijdan elektr energiyasini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya va Turkmanistondan 3,5 somdan sotib olayotgani, ammo aholiga 1,37 somdan yetkazib berilayotganini qayd etdi. Bu esa, uning ta’kidlashicha, davlat budjeti uchun jiddiy yuk bo‘lsa-da, fuqarolar manfaati ustuvor hisoblanadi.
Davlat rahbari mamlakatdagi energetik holatni barqarorlashtirish uchun aniq rejalar borligini ta’kidlab, Qirg‘iziston 2028 yilga qadar elektr inqirozidan to‘liq chiqishiga va’da berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.