date

Musulmonlarga Makka va Madinada mulk imkoni

Musulmonlarga Makka va Madinada mulk imkoni

Saudiya Arabistoni 2026 yil yanvaridan boshlab o‘zining ko‘chmas mulk bozorini butunlay qayta ochishga tayyorlanmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, endi chet el fuqarolari mamlakat hududida turli xil mulk turlarini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu ro‘yxatga uy-joylar, tijoriy binolar, fermer xo‘jaliklari, sanoat maydonlari va hatto yer uchastkalari ham kiradi.

Eng e’tiborli jihati – Masjidul harom va Masjidun nabaviy joylashgan Makka va Madinada ham mulk xaridiga ruxsat berilishi. Biroq bu ikki muqaddas shaharda mulk sotib olish imkoniyati faqat musulmon xaridorlar uchun ochiq bo‘ladi.

Saudiya rasmiylarining ta’kidlashicha, mazkur islohotlar mamlakatga xalqaro sarmoyani jalb qilish, iqtisodiy diversifikatsiyani kuchaytirish va turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Mutaxassislar fikricha, yangi qonun nafaqat xorijlik investorlar uchun katta imkoniyat ochadi, balki mamlakat iqtisodiyotida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Shu bilan birga, musulmon jamoasi uchun Makka va Madinada mulkka egalik qilish ehtimoli alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki bu har yili haj va umra uchun keladigan ming-minglab ziyoratchilar uchun qulay infratuzilmada yashash imkonini kengaytirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Musulmonlarga Makka va Madinada mulk imkoni