Turkiyada erkak boshqa ayollarning suratlariga layk bosgani uchun ajrashishda aybdor deb topildi

1 daqiqa o'qish208
Turkiyada erkak boshqa ayollarning suratlariga layk bosgani uchun ajrashishda aybdor deb topildi

Turkiya Oliy sudi ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarga layk bosgan erni ajrashishda aybdor deb topdi. Bu haqda Haberturk yozmoqda.

Er-xotin H.B. va S.B. nikohdan ajratish to‘g‘risida qarshi da’vo arizasi kiritgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilgan, shaxsiy xarajatlari uchun pul bermagan va boshqa ayollarning fotosuratlariga "layk" bosgan.

Erkak esa rafiqasini rashkda ayblab, uning postlari ostida tanqidiy izohlar qoldirgan.

Kayseri oilaviy sudi ajrimni tasdiqlab, erkakning asosiy aybini va ayolning qisman aybini tan oldi, shuningdek, er-xotinga 500 lira (900 rubldan ortiq) vaqtinchalik aliment, 750 lira (taxminan 1400 rubl) kambag‘allik nafaqasi va 40 000 lira (taxminan 75 000 rubl) moddiy va ma’naviy tovon tayinladi.

Er qaror ustidan shikoyat qildi, ammo apellyatsiya sudi ajralishning asosiy aybdori erkakni qoldirdi, kambag‘allik bo‘yicha aliment miqdorini oyiga 1000 liraga (taxminan 1870 rubl) oshirdi va uning "boshqa ayollarning fotosuratlarini yoqtirish" orqali provokatsion xatti-harakatlarini ta’kidladi, chunki bu "ishonchni yo‘q qiladi". Shu bilan birga, har bir kompensatsiya miqdori 30 000 liragacha (50 000 rubldan ortiq) o‘zgartirildi.

Qayd etilishicha, sud qarori pretsedentga aylangan va kelgusida unga amal qilinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?