
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Yaponiya hukumatining Tayvan bo‘yicha bayonotlarini keskin tanqid qildi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning hozirgi rahbarlari harbiy aralashuv ehtimoli haqida noto‘g‘ri signal yuborgan.
Van I bayonotida “Yaponiya aytmasligi kerak bo‘lgan gaplarni aytdi, tegilmasligi lozim bo‘lgan qizil chiziqdan o‘tdi. Bu — hayratlanarli holat” deya ta’kidladi. U Xitoyning bu vaziyatga qat’iy javob berishini ham aytib o‘tdi.
Xitoy rasmiysi, shuningdek, barcha davlatlar Yaponiya militarizmining qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun javobgar ekanini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi 7 noyabr kuni bergan bayonotida, agar Xitoy Tayvan atrofida dengiz blokadasi yoki boshqa bosim harakatlarini amalga oshirsa, bu Yaponiya tomonidan harbiy javob berish uchun asos bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.