Yaponiyada birinchi harbiy aloqa yo‘ldoshi "Kirameki-2" ("Uchqun-2") Tanegasima orolidagi kosmodromdan H-2A raketa-tashuvchisi yordamida uchirildi.
Shu tariqa, faqatgina mamlakat qurolli kuchlariga xizmat ko‘rsatuvchi uchta qurilmadan iborat guruh yaratish ishlari boshlandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Yo‘ldoshlar harbiy maqsadlar uchun yuqori tezlik va sifatni ta’minlab beradi. Ayni damda Yaponiya mudofaa vazirligi buning uchun uchta fuqarolik yo‘ldoshidan foydalanmoqda.
Parvozga chiqarilgan qurilma Hind okeani uzra geostasionar orbitada bo‘ladi. U bu hududdagi yapon kuchlari bilan aloqani ta’minlaydi. Ular orasida Janubiy Sudandagi tinchlikparvar kontingent va Somali qaroqchilariga qarshi amaliyotda ishtirok etayotgan harbiy dengiz kuchlari kemalari bor.
Avvalroq harbiy aloqa yo‘ldoshlari seriyasidagi birinchi "Kirameki-1" 2016 yilning iyulida Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirilishi taxmin qilingandi, biroq qurilma olib kelish jarayonida zarar ko‘rgan. Endilikda uni 2018 yilning martida orbitaga chiqarishadi. Bu uskuna Tinch okeani zonasidagi harbiy aloqani ta’minlab, KXDR va Xitoyni “bosib turish” imkoniyatlarini oshiradi. "Kirameki-1" va "Kirameki-2"ning umumiy qiymati taxminan 1,1 milliard AQSh dollari atrofida baholanmoqda.
Bu seriyadagi "Kirameki-3" yo‘ldoshi 2021 yilning bahorida uchiriladi. U Yaponiyaning o‘zida harbiy aloqani ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari