Avstriya polisiyasi Venada tramvayni o‘g‘irlab ketgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda The Local nashriga tayanib Daryo xabar berdi.
Shubhalanuvchi aybini tan olib ko‘rsatma bergan. Ma’lum bo‘lishicha, uning yoshi 36 da, avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan. U jinoyatni sodir qilishga nima sabab bo‘lganini aniqlik kiritmagan.
Voqea 21 yanvar, shanba kuni ertalab, tramvay haydovchilaridan biri hojatxonaga ketgan vaqtda yuz bergan. Jinoyatchi haydovchining yo‘qligidan foydalanib bo‘sh tramvayning eshigini ochgan, haydovchining o‘rniga o‘tirgan va uni haydab ketgan.
Tartibbuzar tramvayni ikki bekat davomida boshqargan va yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilgan. Tramvay o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgach uni to‘xtatish uchun yo‘l to‘silgan. Buni sezgan tramvay o‘g‘risi hech kimning e’tiborini tortmasdan voqea joyidan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi