date

Tehronda iflos havo sabab ta’lim to‘liq to‘xtatildi

Tehronda iflos havo sabab ta’lim to‘liq to‘xtatildi

Tehronda havo sifati keskin yomonlashgani oqibatida maktablar va universitetlar vaqtincha yopildi, o‘quv jarayoni esa masofaviy shaklga o‘tkazildi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, shahar hokimiyati vaziyatni xavfli darajada deb baholagan.

Faqat favqulodda xizmatlar, tibbiyot, harbiy va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan tashqari, davlat va xususiy sektordagi ko‘plab ishchilarga uydan turib ishlashga ruxsat berilgan.

Tehron va atrofida soat 06:30 dan 20:30 gacha avtomobil harakatiga cheklov qo‘yildi. Yuk mashinasi harakati taqiqlangan, faqat yoqilg‘i va tez buziluvchi mahsulot tashuvchilarga istisno berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar poytaxtda havo sifati yaqin kunlarda yaxshilanmasa, cheklovlar yanada qattiqlashishi va amal qilish muddati uzaytilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tehronda iflos havo sabab ta’lim to‘liq to‘xtatildi