16:18 / 25.01.2017
6 730

Evropa Ittifoqining parchalanishidan kim manfaatdor?

Evropa Ittifoqining parchalanishidan kim manfaatdor?

So‘nggi paytda Evropa Ittifoqining tanazzuli borasida juda ko‘p gap-so‘zlar tarqaldi. Britaniyaning ittifoqdan chiqishi, Chexiyaning bunga tayyorgarlik ko‘rayotgani, yana boshqa bir qator a’zo mamlakatlarning bu boradagi harakatlari EIning parchalanishi haqidagi bashoratlarning yanada ishonchli ko‘rinish olishiga zamin yaratmoqda, deb yozmoqda "Vodiymedia" sayti.
Ko‘pchilik g‘arblik ekspertlar bunda Rossiyaning qo‘li borligi haqida bong urishmoqda. Lekin rasmiy Moskva buni qat’iy rad etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Davlat dumasidagi hukumat soatidagi chiqishi davomida bunday ayblovlar uydirma ekanini ta’kidladi. “Biz hech qachon Evropa Ittifoqining parchalanishiga qiziqmaganmiz. Prezident Putin Rossiya EIni yagona, mustaqil va kuchli holatda ko‘rishni istashi haqida ko‘p bora ta’kidlagan”, - deydi Lavrov.
Shunday ekan Moskva EIning parchalanishidan manfaatdor emas. Lekin shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: buni kim istamoqda? Yoki zamon rivoji va EI tomonidan olib borilayotgan siyosatning qoniqarli darajada emasligi vaziyatni shunga olib kelmoqdami? Nima bo‘lgan taqdirda ham voqealar rivoji qanday yakun topishini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Evropa Ittifoqining parchalanishidan kim manfaatdor?