
AQSH siyosatida yangi siyosiy nom paydo bo‘lish arafasida. Prezident Donald Trampning o‘zi Truth Social platformasida Respublikachilar partiyasining uning siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi aksariyat a’zolarini o‘zgacha atash imkoniyatini taklif qildi. Uning o‘zi "TEPUBLICAN" yoki "TPUBLICAN" variantlarini o‘rtaga tashlagan bo‘lsa, o‘g‘li kichik Donald Tramp esa "Tramplikachilar" (Trumplican) nomini munosib ko‘rdi.
Ma’qullash reytingi pasaymoqda
Bu nomlar haqidagi bahslar Prezidentning ma’qullash reytingi lavozimiga kirishganidan beri muttasil tushib borayotgan bir paytda yuzaga chiqdi. The New York Times gazetasining o‘rtacha hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 41 foiz amerikaliklar Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda, 55 foizi uning siyosatini ma’qullamaydi. An’anaviy ravishda Respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi Fox News telekanali ham Trampning obro‘si tushib ketganini qayd etmoqda.
MAGA harakati ichidagi ziddiyat
So‘nggi haftalarda Tramp o‘zining "Make America Great Again" (MAGA) harakatining asosiy vakillari tomonidan ham ko‘p bora noroziliklarga uchramoqda. Harakatning eng ko‘zga ko‘ringan shaxslaridan biri, kongressmen Marjori Teylor Grin milliarder Jeffri Epshteynga tegishli hujjatlarni e’lon qilishdan dastlab bosh tortgani uchun Tramp bilan keskin bahslarga kirishdi.
Grin Kongressni tark etishini e’lon qilib, Oq uyni davlat qarzining oshib borayotgani, ish o‘rinlari noqonuniy migrantlar bilan almashtirilgani va xorijiy manfaatlarni moliyalashtirish kabi masalalarda qayta tanqid qildi. Shuningdek, uning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon Prezidentning "Amerika birinchi o‘rinda" tamoyiliga zid ravishda tashqi siyosatga haddan tashqari e’tibor qaratayotganidan norozilik bildirgan.
Tarif siyosatiga norozilik
Washington Post va ABC tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Respublikachilarning to‘rtdan bir qismi (25 foizi) Trampning bojxona tariflariga oid siyosatini yoqlamaydi va deyarli yarmi (47 foizi) tariflar inflyatsiyani kuchaytirishini ta’kidlagan. Bu holatlar partiya ichida siyosiy yo‘nalish borasidagi jiddiy kelishmovchiliklarni ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.