date

Qirg‘izistonda sudyalar korrupsiya va jazo yengillashtirish ishi bo‘yicha hibsda

Qirg‘izistonda sudyalar korrupsiya va jazo yengillashtirish ishi bo‘yicha hibsda

Qirg‘izistonda sud tizimini silkintirgan katta mojaro yuz berdi — Bishkek shahar sudining uch nafar sobiq sudyasi va bir prokuror bir necha yil avval og‘ir jinoyat sodir etgan shaxsning jazosini noqonuniy ravishda yengillashtirganlikda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda mamlakat IIV rasmiy bayonot berdi.

Tergov materiallariga ko‘ra, sudyalar Saniya Branchayeva, Janil Mambetali va Qaysin Abakirov, shuningdek, prokuror Dastan M. 2016-yilda Qumarbek Abdirov ismli jinoyatchining jazosini kamaytirishda ishtirok etgan. Abdirov 21 yoshli qizni o‘ldirishga urinishda aybli deb topilgan va 12-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Biroq, tergov xabariga ko‘ra, ushbu mansabdorlar advokat S.J. orqali amalga oshirilgan korrupsion kelishuv asosida JPK talablarini buzgan holda uning jazosini yengillashtirgan. Natijada Abdirov 2018-yili amnistiya asosida erkinlikka chiqib ketgan.

Ushbu qarorning oqibati esa haqiqiy fojiaga aylandi.

2025-yil sentyabrida Abdirov 17 yoshli Oysuluv Mukashevani zo‘rlab o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu ish butun mamlakat bo‘ylab jamoatchilik qarshiligiga sabab bo‘lib, Prezident Sadir Japarov hatto o‘lim jazosini qaytarishni ko‘rib chiqishni buyurdi.

Tergov davomida Abdirov va uning qarindoshlari sudyalarning uni ozodlikka chiqarish uchun qanday korrupsiya sxemasidan foydalanganini batafsil aytib berdi. Advokat ham pora vositachiligida gumonlanib hibsga olindi. Sudyalarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi uchun zarur ruxsatni Sudyalar kengashi rasman berdi.

E’tiborlisi, mazkur uch sudya avvalroq korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar natijasida lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Oysuluv ishi yuzasidan o‘tkazilgan so‘roqlar davomida Abdirov bir necha ayolni zo‘rlagani va o‘ldirganini ham tan olgan.

Mazkur ish Qirg‘iziston huquq-tartibot tizimining eng og‘ir sinovlaridan biriga aylanib, mamlakatda sud-huquq islohotlari qanchalik zarur ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda sudyalar korrupsiya va jazo yengillashtirish ishi bo‘yicha hibsda