date

Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topdi

Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topdi

Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topdi va unga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Shuningdek, u 9 yil davomida davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Viskarra 2011–2014-yillarda Mokegua provinsiyasi gubernatori lavozimida ishlagan va qurilish shartnomalari evaziga 676 ming dollar pora olgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Sud jarayoni 2024-yil oktyabr oyida boshlangan. Viskarra unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, buni siyosiy ta’qib deb atagan. U 2018-yilda prezident bo‘lgan, biroq ikki yildan so‘ng korrupsiya gumonlari ortidan Kongress tomonidan lavozimidan chetlatilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topdi