
Jahon siyosatini larzaga soluvchi xabar: The Telegraph nashrining yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati Kremlni sulhga ko‘ndirish uchun Qrim va Ukrainaning boshqa bosib olingan yerlarini Rossiya tarkibida tan olishga tayyorlanyapti. Bu taklif bilan Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni Moskvaga jo‘natmoqda.
Putinning talabi va AQShning Yevropaga e’tiborsizligi
Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikaliklarda Yevropaning pozitsiyasiga e’tiborsizlik kuchaymoqda va ular "yevropaliklar xohlagan ishini qilishi mumkin", deb hisoblamoqda. Bir kun avval Vladimir Putin ham bu borada fikr bildirgan edi: Vashington Qrim, Donetsk va Lugansk viloyatlarini Rossiya hududi sifatida qonuniy tan olishi tinchlik muzokaralarining markaziy mavzusi bo‘lishini aytgan.
Stiv Uitkoff Putin elchisi Kirill Dmitriyev bilan hamkorlikda tuzgan dastlabki tinchlik rejasida AQSh Qrim va Donbass mintaqalari ustidan Rossiya suverenitetini «amalda» tan olishi haqida band bor edi. Garchi hujjatga tuzatish kiritilgan bo‘lsa-da, bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olish Oq uyning asosiy strategiyasining uzviy qismi bo‘lib qolishi mumkin. Ammo Kiyevni bu nazoratni tan olishga majbur qilishmaydi, deb alohida qayd etilgan.
Yevroparlamentning keskin qarshiligi
Ayni paytda, bu reja kecha qabul qilingan Yevropa parlamenti rezolyutsiyasiga butunlay zid. Yevroparlament, YI davlatlari Ukrainaning bosib olingan hududlarini hech qachon tan olmasligi haqida ogohlantirdi. Rezolyutsiyada Trampning «tinclik rejasi» sulhning yaqinlashishiga faqat to‘sqinlik qilayotgani ochiqchasiga qayd etilgan. Bu esa G‘arbdagi geosiyosiy yorilishning chuqurlashayotganidan dalolat beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.