Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish istagida ekanligini bildirdi. Bu haqda “Hurriyet Daily News” agentligiga tayangan holda “Qalampir.uz” xabar berdi.
“Men hech qanday kechikishsiz zudlik bilan janob Donald Tramp bilan uchrashishni istayman. Uchrashuvimizning asosiy mavzusi Turkiya-Amerika munosabatlarini baholash bo‘ladi. Ayni vaqtda bizning strategik aloqalarimiz yaxshimi? Yo‘q. Biz bu aloqani tiklashimiz lozim”, deydi Sharqiy Afrika mamlakatlariga uyushtirgan tashrifidan qaytib kelgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
“Biz NATOning a’zolarimiz, ammo ayni vaqtdagi munosabatlar bizning hamfikr ekanligimizni ko‘rsatmayapti. Albatta, biz yaqinda Trampning NATO borasidagi fikrlari nimani anglatishini bilishni istaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari AQSh va Turkiya o‘rtasida yana bir muhokama qilinadigan mavzu iqtisodiy munosabatlar ekanligini ma’lum qildi. Ayniqsa, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikka e’tibor qaratish lozim.
Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida Fathulloh Gulen masalasini ham muhokama qilishni mo‘ljallagan. Turkiya hukumati Fathulloh Gulenni qaytarib olish istagida. U o‘tgan yilning iyul oyida Anqarada avj olgan harbiy to‘ntarishning boshlovchisi deya ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi