date

Krishtianu Ronalduning va Jorjina Rodrigesning to‘yi 2026 yilda Portugalida o‘tadi

Krishtianu Ronalduning va Jorjina Rodrigesning to‘yi 2026 yilda Portugalida o‘tadi

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning kutilgan to‘yi Portugaliyada o‘tadi. "Jornal da Madeira"ning yozishicha, marosim futbolchining tug‘ilgan shahri Funshalda, 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin yozda tashkil etiladi.

Maʼlumotga ko‘ra, nikoh Funshal katolik cherkovining markaziy ibodatxonasida o‘tkazilishi, tantana esa shahardagi hashamatlimehmonxonalardan birida davom etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Ronaldu avgust oyida uzoq yillardan beri birga bo‘lgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga rasman uylanish taklifini berganini ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilgan edi.

Ronaldu va Jorjina 2016 yildan beri birga. Ular futbolchi "Real Madrid" safida o‘ynagan davrda, Jorjina esa Madriddagi Gussi do‘konida ishlagan paytda tanishgan. Juftlik 2017 yil boshida ilk farzandlari Alana Martinaga ota-ona bo‘lganidan keyin munosabatlarini ommaga oshkor qilgan.

Krishtianu Ronaldu besh nafar farzandning otasi hisoblanadi:

Krishtianu Junior (2010), Evu va Mateo (2017), Alana Martina (2017) va Bella Esmeralda (2022).

Eslatib o‘tamiz, juftlik yaqinda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib

o‘tgan rasmiy kechki qabulda ishtirok etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronalduning va Jorjina Rodrigesning to‘yi 2026 yilda Portugalida o‘tadi