11:59 / 26.04.2015
6 802

Vashingtonda rossiyalik xakerlar tomonidan Obamaning maktublari o‘g‘irlangani ma’lum qilindi

Vashingtonda rossiyalik xakerlar tomonidan Obamaning maktublari o‘g‘irlangani ma’lum qilindi

Rossiyalik xakerlar AQSh Oq uyining kompyuter tizimlariga kirishlari oqibatlari avval taxmin qilingandan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Bu haqda voqea bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonidan xabardor bo‘lgan yuqori lavozimli amaldorlarga iqtibos keltirgan holda The New York Times nashri xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Amaldorlar xakerlar nafaqat Barak Obamaning uchrashuvlari jadvalini, balki prezident yuborgan yoki olgan ba’zi pochta xabarlarini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganlarini aytishmoqda.
Ko‘rinishicha, xakerlar Obama va uning yordamchisi o‘zi bilan doimo olib yuradigan BlackBerry smartfonidagi xabarlar trafigini boshqaruvchi himoyalangan serverlarga kirishning uddasidan chiqa olishmagan.

Biroq ular Oq uy amaldorlari hamda, ehtimol, Obama muntazam ravishda xabarlar yozishib turadigan, ma’muriyatga kirmaydigan boshqa bir foydalanuvchilarning elektron pochtalari arxiviga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Oq uy vakillari xakerlar amaldorlar himoyalangan hukumat tarmog‘i orqali o‘zaro almashib turadigan xabarlarni qo‘lga kirita olmaganliklarini ma’lum qildilar. Oq uy rahbariyatining ko‘pchilik vakillari o‘zlarining ishchi xonalarida ikkitadan kompyuterga ega bo‘lib, ulardan biri himoyalangan maxfiy tarmoqqa, boshqasi esa tashqi dunyo bilan nomaxfiy aloqalar bilan almashish uchun mo‘ljallangan tarmoqqa ulangan.
Shu bilan birga ma’muriyat nomaxfiy maktublar ham ishchi jadvallar, elchilar va diplomatlar bilan yozishmalar, xodimlar va qonunchilik sohasida tayyorlanayotgan loyihalarning muhokamalari, siyosat haqida bahslar kabi ko‘plab muhim ma’lumotlarni ham saqlashini tan oldilar.

Amaldorlar xakerlar tomonidan Obamaning aynan nechta maktubi olingani va ular qanchalik muhim bo‘lganini ma’lum qilmayaptilar.
Obama yordamchilarining aytishicha, ko‘pchilik materiallar Obamaga og‘zaki ravishda, qog‘ozda yoki maxfiy tarmoqqa ulangan iPad da taqdim qilinadi.
Avvalroq aprel boshida xabar berilganidek, xakerlar Oq uy kompyuterlariga kirish oldidan dastlab AQSh Davlat departamenti tizimiga kirishgan. AQSh maxsus xizmatlari xakerlarni bartaraf etishga harakat qilishgan, biroq ular yana qaytib kelganlar. Mutaxassislarning taxminicha, aynan rossiyalik xakerlar AQSh Davlat departamentini bir necha oydan beri o‘z nazoratlari ostida ushlab turibdilar.
Obama ma’muriyati kompyuter tizimiga kirish AQSh Davlat departamenti elektron pochtasi orqali ishga tushirilgan elektron pochtani fishing qilish (internet-firibgarlikning bir turi) yordamida amalga oshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vashingtonda rossiyalik xakerlar tomonidan Obamaning maktublari o‘g‘irlangani ma’lum qilindi