Yigirmanchi asrning taniqli ayollaridan biri, Buyuk Britaniya taxtining merosxo‘r shahzodalari - Uilyam va Garrining onasi Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi. Ushbu yodgorlik uning vafotiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan bunyod etiladi. Bu haqda shahzodalar qo‘shma bayonot berishdi, deb xabar bermoqda "Vodiymedia".
"Onamizning vafot etganiga 20 yil to‘ldi. Haykal bunyod etish orqali uning Birlashgan Qirollik va butun dunyoga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirini tan olishning ayni vaqtidir. Biz yodgorlik majmuasini Kensington saroyida barpo etamiz. Tashrif buyuruvchilar uning hayoti va merosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, - deyiladi qo‘shma bayonotda
Uilyam va Garri mablag‘ yig‘ish uchun maxsus komissiyani ta’sis etdilar. Haykaltarosh nomi keyinroq oshkor qilinadi.
Diana Frensis Spenser 1961 yilda tavallud topgan. 20 yoshida u Britaniya taxti merosxo‘ri shahzoda Charlzga turmushga chiqadi. Lekin nikoh muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. 1996 yilda juftlik rasman ajrashishadi. Diana qirollik oilasi a’zoligidan mahrum etilsada, Malika maqomini saqlab qoladi. Chunki u taxtning ikkinchi va uchinchi o‘rindagi vorislarining onasi hisoblanadi.
1997 yil 31 avgustga o‘tar kechasi Dina avtohalokat natijasida hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. O‘shandan beri u haqda ko‘plab kitoblar yozildi, o‘nlab kinolar suratga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi